Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada sayyohlarni boshqa davrga o‘tkazib qo‘yuvchi virtual reallik kioskalari paydo bo‘la boshladi

Fransiyada sayyohlarni boshqa davrga o‘tkazib qo‘yuvchi virtual reallik kioskalari paydo bo‘la boshladi

Virtual reallik kioskalari.

Foto: «Techcult»

Fransiya shimolidagi Nevil-Sen-Vaastda «Monument des Fraternisations» yodgorligi oldida virtual reallik hududi yaratishni taklif etuvchi «Timescope» loyihasi tadbiq etildi. Bu yerda turistlar virtual holatda turli davrlarga sayohat qilishi mumkin, deb xabar berdi «TechCult».

Ayni vaqtda Fransiyadagi maskanlardan 15tasida shu turdagi ustunlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning tezligi texnologiya yoki sarmoyaga emas, balki rassomlar va dizaynerlar mehnatiga bog‘liq. Ular arxiv suratlar, xaritalar va maskanning uch o‘lchamli modeli yordamida o‘z «asarlarini» yaratadilar. Axir 1915-yilning qishida nemis va fransuz askarlari Rojdestvo bayrami sharafiga o‘zboshimchalik bilan qisqa sulh e’lon qilganlarini «ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi».

Virtual reallik ustunlaridan foydalanuvchilar osmono‘par bino ostidagi stansiyadagi durbin yordamida atrofga tarixdan nazar tashlash imkoniga ega bo‘ladi. Ustunlarga shikast yetkazmaydi va ular noqulay ob-havo sharoitidan himoyalangan. Yana bir ajoyib yangilik — loyiha mualliflari nafaqat o‘tmishga, balki kelajakka ham virtual sayohat uyushtirish ustida ish olib bormoqda.

«Timescope» texnologiyasiga keyingi yilning boshida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES ko‘rgazmasida tugal baho beriladi.

2018-yilning oxiriga borib bu kabi qurilmalar dunyoning mashhur turistik ob’yektlari yoniga 100 dan ortiq o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring