Jurnalistlar Janubiy Koreyaning 5G-tarmog‘ini sinab ko‘rishdi

Janubiy Koreyada 5-aprel kuni ishga tushirilgan 5G-tarmog‘ining tezligi yuqori, ammo hozircha unchalik ham ishonchli emas. Bu haqda «Regnum» axborot agentligi «Nikkei Asian Review» nashriga asoslanib xabar tarqatdi.
«Nikkei Asian Review» jurnalistlari Janubiy Koreyadagi 5G-tarmoqni sinab ko‘rishdi. Ma’lumotlar uzatish tezligini aniqlovchi ilova yordamida ular ayni paytda 5G-tarmoq avvalgi standart (4G — LTE)ga qaraganda to‘rt karra tez ishlayotganini aniqlashdi: «Galaxy S10 5G» smartfoni 193 megabit/soniya, «Galaxy S9 4G» esa «47 megabit/soniya ko‘rsatkichni qayd etdi. Aslida maksimal ko‘rsatkichda 5G-tarmoq 4G dan 20 karra va undan yuqoriroq tezlikka chiqishi kerak.
Jurnalistlar ta’kidlashicha, Seul bo‘ylab harakatlanganda tarmoq qoplami bilan bog‘liq muammo kuzatilgan — 5G standartidagi aloqa muntazam yo‘qolib qolavergan.
Janubiy Koreyadagi «SK Telecom» operatori ma’lum qilishicha, 5G infratuzilmasi hali rivojlantiriladi va eng yuqori tezlik ham oshadi. Rejaga ko‘ra, 2019-yili uning tezligi 2,7 Gb/soniya, 2020-yilda esa 7 Gb/soniyaga yetkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter