Iyun oyi oxiriga qadar O‘zbekistonning barcha aholi maskanlari mobil aloqa bilan qamrab olinadi
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali «Beeline» mobil operatori vakili bilan bog‘landi. Suhbatda kompaniya vakillari joriy yilning iyun oyi oxirigacha barcha aholi maskanlari mobil aloqa bilan qamrab olinishini ma’lum qilishdi.
Kompaniyada aniqlik kiritishlaricha, hukumat tomonidan barcha uyali aloqa operatorlariga birinchi yarim yillik yakuniga qadar aholini mobil aloqa bilan to‘liq ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, hozirda «Beeline» kompaniyasi 18 ta yirik aholi punktlarini aloqa bilan ta’minlagan, ya’ni bu O‘zbekiston umumiy aholisining taxminan 80 foizini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter