«Xiaomi» 46 dollarlik massaj qurilmasini taqdim etdi

Ko‘zingiz ostida paydo bo‘ladigan qora halqalar asosan tushkunlik hamda uyquga to‘ymaslik oqibatida yuzaga keladi. «Xiaomi» kompaniyasi ushbu muammoning o‘zining yangi mahsuloti — ko‘z uchun mo‘ljallangan yangi «LeFan» massajchisi yordamida yechishni taklif etmoqda. Mazkur qurilma qovoqdagi temperaturani hamda qon aylanishini yaxshilovchi yuqori sifatli vibratsiyani taqdim etadi, deb xabar berdi «Layfxaker».
Gadjetning asosida Pelte elementi mavjud bo‘lib, u o‘zidan tok o‘tkazganida isishi yoki sovishi mumkin. Bu esa keramik yuzadagi haroratni 19 dan 40 daraja Selsiygacha o‘zgartiradi. Bu esa o‘z navbatida qon aylanishni yaxshilaydi va ko‘z sohasi atrofidagi «qoralik»ni yo‘qotadi.
«LeFan» korpusdagi yagona tugma orqali boshqariladi. Uni uch nafar ishlash tartibi mavjud. Birinchisi isitib, ko‘zdagi horg‘inlikni yo‘qotadi, ikkinchisi esa — sovutish yordamida shishlarni kamaytiradi, uchinchisi — qora halqalarni olib tashlaydi.
Qurilmaning orqa tomonida silikon maydon mavjud bo‘lib, yuqori sifatli tebranishlar yordamida an’anaviy massajni amalga oshirish mumkin. «LeFan» — quvvati bir haftaga yetadigan ichki akkumulyator yordamida ishlaydi. USB-kabel orqali 2,5 soat ichida to‘liq quvvatlanadi.
Massaj qurilmasi yaqin oylarda 46 dollardan sotuvga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter