15-dekabr fotoxronikasi: Changda qolgan odam, echkilar sayri, chegaralarini ochgan Avstraliya va boshqalar

«Interfaks» 15-dekabrda sayyoramiz turli nuqtalarida olingan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.

Kaliforniya (AQSh)ga kuchli to‘fon yopirildi. Suv oqimi bir nechta mashinalarni Los-Anjeles daryosiga oqizib ketdi.

Kalkutta (Hindiston)ning ifloslangan havosi.

Gaiti shimolida benzin tashuvchi mashina portlashi oqibatida kamida 60 inson halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlangan.

Shveysariyaning Lyulli shahrida birinchi yorug‘lik festivali ochildi.

Gonkongdagi Jahon savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, elektrotexnika zalida boshlangan yong‘in keyinchalik butun binoga tarqagan.

Avstraliya 15-dekabrdan xorijlik talabalar uchun chegaralarini ochdi.

Tokio (Yaponiya)da Yangi yil kayfiyati.

Mumbay (Hindiston)da chaykalarni oziqlantirish.

Bali (Indoneziya)da yovuz ruhlarga qarshi marosim.

Eshiride (Shveysariya)da echkilar sayrda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter