28-dekabr fotoxronikasi: Sammitga chaqirilmagan Sandu, qimmatlashgan neft, Braziliyada suv toshqinlari va boshqalar

28-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

AQSh hukumati Rossiya bilan 10-yanvar kuni xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini bildirdi.

Brent markali neftning bir barreli $79,21gacha qimmatladi.

Moldova prezidenti Mayya Sandu Sankt-Peterburgdagi MDH sammitiga chaqirilmadi.

Xitoyning Yanan shahrida koronavirus keng tarqalishi tufayli cheklovlar kuchaytirildi.

Braziliyada suv toshqinlari oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi.

Vladivostokdagi dengiz vokzalida muzlab qolgan kemadan minilgan yapon mashinasining tushirilishi.

La-Palma orolida 85 kun otilgan Kumbre-Vyexa vulqoni asoratlari.

Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Gretsiya hududiy suvlaridan chiqarib yuborilgan noqonuniy migrantlarni qutqarmoqda.

Nilum vodiysida qor yog‘di. Pokiston.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter