Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

23-dekabr fotoxronikasi: Putinning Katta matbuot anjumani, AESlarni to‘xtatayotgan Belgiya, TikTok va boshqalar

23-dekabr fotoxronikasi: Putinning Katta matbuot anjumani, AESlarni to‘xtatayotgan Belgiya, TikTok va boshqalar

Kollaj

23-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

FOTO: REUTERS

Xitoy fazoviy muhitni o‘rganish uchun Yerning geoo‘tish orbitasiga «Shiyan-12» turkumiga mansub ikkita sinov yo‘ldoshini muvaffaqiyatli olib chiqdi. «Chanchjen-7A» raketa-tashuvchisiga Xaynan orolida joylashgan Venchan kosmodromida Toshkent vaqti bilan soat 11:12 da start berilgan.


AP PHOTO / PATRICK SEMANSKY

AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur tumanidan import qilishni taqiqlovchi hujjatni imzoladi. Taqiqlov majburiy mehnat bilan bog‘liq.


FOTO: RBK

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Katta matbuot anjumani o‘tkazdi.


FOTO: RAINER JENSEN/PICTURE ALLIANCE VIA GETTY IMAGES

Belgiya rejalashtirilganidek, 2025-yilda mamlakat hududida ishlab turgan ikkita AES («Tianj» va «Dul»)ni to‘xtatmoqchi. Biroq atom energetikasiga yana qaytish imkoniyatini ham soqit qilgan emas.

FOTO: RT

Kataloniyada ertaga, 24-dekabrdan komendantlik soati kuchga kiradi. Koronavirus bilan bog‘liq cheklov 14 kunga belgilangan bo‘lib, vaziyatga qarab uzaytirilishi ham mumkin.


FOTO: BWORLDONLINE.COM

Xitoyning «Sinovac» kompaniyasi ishlab chiqargan vaksinaning uchta dozasi (ikkita birinchi komponent va buster) koronavirusning «omikron» shtammiga qarshi yetarlicha immunitet shakllantirmaydi. Bu haqda laboratoriya tadqiqotlariga asoslanib «Bloomberg» agentligi xabar berdi.


FOTO: INTERFAKS

Yevropada tabiiy gaz narxi ming kubometri uchun 1 500 dollardan pastladi.


FOTO: KORRESPONDENT

«Merck» kompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqargan hapdorilar (tabletkalar)dan foydalanishga AQShda ruxsat berildi. Mazkur molnupiravir dori vositasi xavfli guruhdagi keksalar kasallikning yengil va o‘rta  kechishida foydalanishiga mo‘ljallangan.

FOTO: AXIOS

TikTok ilovasi, Googleni ortda qoldirib, 2021 yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan internet-resursga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring