Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

25-dekabr fotoxronikasi: 10 milliard dollarlik teleskop, chegaralarini yopayotgan Eron, 85 kun davom etgan vulqon otilishining to‘xtashi va boshqalar

25-dekabr fotoxronikasi: 10 milliard dollarlik teleskop, chegaralarini yopayotgan Eron, 85 kun davom etgan vulqon otilishining to‘xtashi va boshqalar

Kollaj

25-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

FOTO: BILL INGALLS/NASA VIA GETTY IMAGES

NASA qiymati 10 milliard dollarlik «Jeyms Uebb» teleskopini fazoga olib chiqdi. U 30 yil xizmat qilgan mashhur «Habbl» teleskopi o‘rnini egallaydi.


FOTO: BBC

Qirolicha Yelizaveta II Birlashgan Qirollik va Britaniya hamdo‘stligi xalqlariga Rojdestvo arafasida an’anaviy murojaat yo‘lladi.


FOTO: YJC.NEWS

Eron koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida qo‘shni mamlakatlar bilan quruqlik chegaralarini 15 kunga yopdi.


FOTO: RIA NOVOSTI

Ehtimoliy isyonlar sababli Sudanda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.


FOTO: RT

Qishki bayram ta’tillari arafasida COVID-19 tufayli dunyo bo‘ylab 4 mingdan ziyod aviareyslar bekor qilindi.


FOTO: AFISHA

Tinch okeanida joylashgan Tonga qirolligida magnitudasi 6 ballga teng zilzila sodir bo‘ldi.


FOTO: FLORIDA GOOD FRIDAY

Ispaniyaga qarashli Kanar orollarining La-Palma orolida 85 kun davom etgan vulqon otilishi nihoyat to‘xtadi. Kumbre-Vexa (vulqon)ning bu safargi otilishi orol tarixida eng vayronkori  bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring