24-dekabr fotoxronikasi: 278 million bemor, majburiy emlash, Pelening qaytishi va boshqalar

24-dekabrda sayyoramizning turli nuqtalarida yuz bergan muhim voqea-hodisalar fotosuratlarda.

Jahonda koronavirusni yuqtirish holatlari soni pandemiya davrida 278 milliondan oshdi. Kovid oqibatida kasallanganlarning 5 386 666 nafari vafot etgan.

Janubiy Koreyada 24 yilga qamalgan sobiq prezident Pak Kin Xe afv etildi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 60 yoshni qarshiladi.

Google (Alphabet Inc.), Intel va General Motors kompaniyalari koronavirusning yangi to‘lqini sababli CES 2022 ko‘rgazmasida bevosita qatnashmaydigan bo‘ldi.

Ekvador koronavirusga qarshi vaksinatsiyani mamlakatning barcha aholisi uchun majburiy qildi.

Pele Yangi yilni uyida, oilasi davrasida qarshi oladi. Futbol afsonasi 8-dekabr kuni shifoxonaga yotqizilgan va keyinchalik ichagidagi o‘sma jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan edi. Shifokorlarning fikricha, 81 yoshli Pelening holati barqaror, davolanishni uyida davom ettirishi mumkin.

FOTO: EPA/VOSTOCK-PHOTO
Bangladeshda paromda chiqqan yong‘in oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘ldi.

Xitoyning Gonkong universiteti kampus hududidan Tyananmen (Pekin) maydonida isyonchilarni haydashning yuzlab qurbonlariga o‘rnatilgan «Demokratiya ma’budi» haykali olib tashlandi.

Hindistonda Santa-Klaus tramvayi yo‘lga qo‘yildi, unda bebosh bolalar va noodatiy xususiyatli kishilar sayr qilishi mumkin.

Kanberra (Avstraliya)da COVID-test olish jarayoni.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter