3 yoshli go‘dakda koronavirus aniqlandi. Ota-onada esa yo‘q

Hindistonning Kerala shtatida shifokorlar 3 yoshli go‘dakka koronavirus tashxisini qo‘yishdi. U yaqinda ota-onasi bilan Italiyadan qaytib kelgandi, deya xabar berdi «NDTV» telekanali.
Bu Hindistonda yangi virusni yuqtirish bo‘yicha 41-holat bo‘ldi. Ulardan uch nafari tuzalib, shifoxonadan chiqarilgan.
Nashrning yozishicha, aeroportda skaner Hindistonga uchib kelgan bolakayning isitmasi borligini aniqladi. Shundan so‘ng oilasi bilan birga karantinga joylangan, bolaning tahlillari esa tekshiruvga yuborilgan. Dushanba olingan tahlil natijalari bolada koronavirus borligini tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter