AQSh harbiy samolyoti qulab tushdi

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatida mashg‘ulotlar vaqtida «A-29 Super Tucano» rusumli harbiy samolyot qulab tushdi. Bu haqda «Xolloman» aviabazasi ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Bu voqea 22-iyun kuni ertalab aviabazadan 100 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.
Samolyot bortida 2 uchuvchi bo‘lgan. Ulardan biri jarohatlangan, ikkinchisi esa halok bo‘lgan.
«Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilayapti. Lekin hanuz biror ma’lumot yo‘q», – deyiladi xabarda.
Keyingi mashg‘ulot bekor qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter