AQShning eng yaxshi prezidenti kim?

AQShda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovga ko‘ra, Barak Obama Amerikaning barcha prezidentlari orasida eng yaxshisi bo‘ldi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
«Rew Research Center» (Ilmiy-tadqiqot markazi) o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning 44 foizi Barak Obamaning eng yaxshi prezident bo‘lganini e’tirof etgan.
Respondentlarning fikricha, Obama o‘z ishini muvaffaqiyatli uddalagan ekan.
Bill Klinton 33 foiz ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallagan. Roland Rigen esa 32 foiz ovoz bilan uchinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan.
Amaldagi prezident Donald Tramp esa oxirgi o‘rinni olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter