Eron o‘ziga qo‘yilgan qurol embargosi tuganini bildirdi. Xo‘sh?

Eron o‘ziga nisbatan joriy etilgan qurol embargosi tugaganini e’lon qildi, ammo ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘lga kiritish niyatida emas.
Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Ushbu bayonot orqasidan Rossiya Eron bilan mudofaa sohasida hamkorlikni kengaytirish istagini bildirgan.
Endi Tehron qurol-yarog‘ ʼva maxsus jihozlarni qonuniy cheklovlarsiz mudofaa ehtiyojlarini hisobga olgan holda sotib olishi mumkin, deb ta’kidladi TIV.
Tashqi ishlar vazirligi mamlakat mudofaa doktrinasida ommaviy qirg‘in qurollarini sotib olish yoki odatiy qurollarni "ommaviy sotib olish" ko‘zda tutilmaganligiga ishontirdi. Ayni paytda, Rossiya sentyabr oyida Eron bilan mudofaa sohasida hamkorlikni embargo bekor qilingandan keyin kengaytirish istagini bildirgandi. 2016 yilda rasmiy Tehron Rossiyadan S-300 zenit raketa tizimlarining partiyasini olgan edi.
2015 yil yozida Eron, AQSh, Rossiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan imzolangan Qo‘shma Harakat Rejasi (JSPOA) Tehronga AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish evaziga yadro dasturini cheklash uchun bir qator choralarni ko‘rishni nazarda tutadi.
Vashington 2018 yil may oyida JSPOAdan bir tomonlama chiqib ketganidan va Tehronga qarshi sanksiyalarni kuchaytira boshlagandan so‘ng, Eron yadroviy kelishuv shartlarini bajarishni rad etishni boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter