Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda muxolifatchi yangiliklar portali rahbari qatl etildi

Eronda muxolifatchi yangiliklar portali rahbari qatl etildi

Foto: «RIA Novosti»

Eronda muxolifatchi yangiliklar portali — «Amad Nyuz» rahbari Ruholla Zam qatl etildi. Bu haqda «Mehr News» xabar berdi.

Ruholla Zam osib o‘ldirilgani aytilmoqda.

Zam chet el razvedkasi bilan aloqadorlikda ayblangan, sud unga o‘lim hukmini o‘qigan. Ma’lumot berilishicha, Erondagi 2017-2018-yillardagi isyonlarni qo‘zg‘atuvchilardan biri ham Ruholla Zam bo‘lgan. «Assoshieyted Press» xabariga ko‘ra, Ruholla Zam Parij yaqinida istiqomat qilib kelgan, uni qayerda qo‘lga olishgani noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring