Falastin Isroilga qarata 3 ta raketa uchirdi

«Falastinliklar G‘azo sektoridan turib Isroil tomonga uchta raketa uchirdi», — deya xabar bermoqda «Gazeta.ru».
Hozir ushbu hujum oqibatida jabrlanganlar va yetkazilgan moddiy zarar haqida hech narsa ma’lum emas.
«G‘azo sektoridan Isroil tomonga 3 ta raketa uchirilganligi qayd etildi. Snaryadlardan biri G‘azo chegarasida qulab tushgan», — deyilgan Falastin armiyasi bergan bayonotda.
Qayd etilishicha, raketa zarbasi anklavning shimolida joylashgan aholi punktlaridagi ogohlantiruvchi sistemalarni ishga tushirgan.
Avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektorining janubiy hududlarini o‘qqa tutgani ma’lum qilingan edi. Isroil armiyasi esa zarbalar falastinliklarning Isroil bilan chegarada yonuvchi jismlar o‘rnatilgan havo sharlarini uchirganiga javoban berilganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter