Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashishning shvedcha usuliga JSST baho berdi

Koronavirusga qarshi kurashishning shvedcha usuliga JSST baho berdi

Foto: «SciTechDaily»

Koronavirusga qarshi kurashishning shvedcha usuli uzoq istiqbolda boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi mumkin. JSSTning maxsus vakili Devid Nabarro bu haqda bayonot berganini «Bloomberg» yozmoqda.

Nabarro «shved modeli» o‘zaro ishonchga qurilganini ta’kidladi. Boshqa mamlakatlarga qaraganda Shvetsiya harakatlanishga cheklovlarni oz qo‘lladi. Hukumat shved xalqiga, xalq esa hukumatga ishondi — mamlakatning yutug‘i shunda, dedi mutaxassis.

COVID-19dan o‘lim holatlari soni Shvetsiyada qo‘shnilariga qaraganda ko‘p bo‘ldi — har 100 ming aholiga 57 ta o‘lim. Biroq iyun oyi oxiridan yangi kasallanishlar va o‘lim holatlari soni sezilarli qisqardi. Natijada Shvetsiya sog‘liqni saqlash milliy agentligi odamlar bir joyda to‘planishi uchun belgilangan 50 kishilik limitni 500 kishigacha oshirish taklifini kiritdi.

Shvetsiyadan farqli ravishda, kasallanishlar avj ola boshlagani uchun boshqa mamlakatlar cheklovlarni yana kuchaytirishni boshladi.

Nabarroning nazarida ihotalash tizimi butun aholi, ayniqsa, kambag‘allar hayoti, kichik korxonalar faoliyatini izdan chiqaruvchi bo‘lmag‘ur vosita.

Shunga qaramasdan, Shvetsiya strategiyasi tanqidlardan qutulgan emas.

Umeo universiteti virusolog-professori mamlakatda koronavirus qurbonlari ko‘pligida hukumatni aybladi.

«Salkam 6000 nafar qurbon berdik. Katta avlodga xiyonat qildik. Virus tarqalishiga diqqatli bo‘lishimiz shart, ammo sog‘liqni saqlash agentligi buni istamayapti», — uning so‘zlarini keltirmoqda «Svenska Dagbladet».

Koronavirus pandemiyasi davrida Shvetsiya hukumati qattiq karantin qo‘llamadi, odamlarga ijtimoiy masofaga rioya etish, imkoniyatga qarab masofadan ishlash tavsiya etildi. Maktablar, bolalar bog‘chalari, restoranlar yopilmadi, faqat ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring