Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDRda Janubiy Koreya filmlarini ko‘rganlar 12 yilga «kesildi»

KXDRda Janubiy Koreya filmlarini ko‘rganlar 12 yilga «kesildi»

KXDRda ikki o‘smir Janubiy Koreya filmlari va musiqiy kliplarini tomosha qilgani uchun  12 yilga mehnat lageriga hukm qilindi. Ochiq sud jarayoni aks etgan video va ma’lumotni BBC nashr qildi.

Videoda kulrang xalat kiygan ikki o‘smir aks etgan. Ularning qo‘llari kishanlangan va kadrda noma’lum ovoz o‘smirlarni tanbeh beradi:

«Chirigan qo‘g‘irchoq rejim madaniyati hatto o‘smirlar orasida ham tarqaldi. Ular endigina 16 yoshda, ammo kelajagini barbod qildilar» (BBC iqtibosi).

Video qachon suratga olingani noma’lum. SAND (Janubiy va Shimoliy Koreya taraqqiyot ilmiy-tadqiqot instituti, KXDRdan kelgan qochqinlar bilan ishlaydi) ma’lumotiga ko‘ra, voqea koronavirus cheklovlari amalda bo‘lgan 2022-yil sodir bo‘lgani ehtimoli bor. Chunki har ikki sudlanuvchi tibbiy niqobda namoyon bo‘lishgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring