Lotin Amerikasida COVID-19 bemorlari soni 7 milliondan oshdi

Yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni Lotin Amerikasi mamlakatlarida 7 million nafardan oshgani haqida «Reuters» o‘z hisob-kitoblariga asoslanib xabar berdi.
Mintaqa mamlakatlarida oxirgi haftaning har kuni o‘rtacha 77 800 nafardan yangi bemor ro‘yxatga olindi, oldingi haftada kunlik ko‘rsatkich o‘rtacha 85 000 ta edi, deyiladi xabarda.
Braziliya, Peru, Meksika, Kolumbiya va Chili mintaqadan tashqari, jahonda ham koronavirus eng ko‘p qayd etilgan 10 ta mamlakat qatorida turibdi. Peru — koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari nisbatiga ko‘ra mintaqada yetakchi.
Agentlik bir ko‘rsatkichga alohida e’tibor qaratdi: Lotin Amerikasida atigi 13 kun ichida koronavirusga chalinganlar soni 6 milliondan 7 millionga ko‘paygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter