Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oxiri kim? Davlatlar koronavirus vaksinasi olish uchun navbatga turishyapti

Oxiri kim? Davlatlar koronavirus vaksinasi olish uchun navbatga turishyapti

Foto: «Alliedspineinstitute.com»

AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari hali samarali formulasi ishlab chiqarilmagan koronavirusga qarshi vaksinaning 1,3 milliard dozasiga buyurtma berib qo‘yishgan. Bu haqda «Airfinity» kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib «Bloomberg» nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, AQSh va Britaniya «Sanofi» va «GlaxoSmithKline Plc» kompaniyalari bilan kelishib qo‘ygan, Yaponiya «Pfizer» bilan allaqachon bitim imzolab bo‘lgan. Agentlikning yozishicha, YeI mamlakatlari ham bu masalaga jiddiy yondoshmoqda. Ular preparatning kerakli miqdordagi dozasini birinchilardan bo‘lib sotib olishni rejalashtirmoqda.

Analitiklar preparat dozasi 7,8 milliard kishiga yetmasligidan xavotirda ekanligini bildirishgan. Boshqa davlatlar, ya’ni unchalik boy bo‘lmagan mamlakatlar vaksina olishda «oxirgi navbatda» turishibdi. Jahon miqyosida tezkor emlashga to‘sqinlik qiladigan yana bir omil bor: bordi-yu, immunitet hosil qilish uchun bir emas, ikkita doza talab etilsa, nima bo‘ldi?

«Bloomberg»ning yozishiga qaraganda, butun dunyo bu kabi vaziyatga 2009-yilda ham duch kelgan. O‘shanda cho‘chqa grippi pandemiyasi davrida boy davlatlar vaksina yetkazib berishni monopollashtirib olishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring