Qirg‘izistonda 30-iyul motam kuni deb e’lon qilindi

Qirg‘iziston hukumati 30-iyulni «COVID-19» va uning oqibatida vafot etganlar xotirasiga bag‘ishlab milliy motam kuni deb e’lon qildi. Mamlakat prezidenti Sooranbay Jeenbekov «Birinchi radio» davlat radiostansiyasi orqali bugungi chiqishida shunday dedi.
«O‘ttizinchi iyul butun mamlakat bo‘ylab milliy motam kuni deb e’lon qilinadi», — deya Qirg‘iziston rahbari tegishli farmon chiqarilishini ma’lum qildi.
Jeenbekov yaqinlaridan judo bo‘lgan bir fuqaroning «mashaqqatlari va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishlari» qalbida «aks-sado berishi»ni ta’kidladi.
Ma’lumot uchun: «Worldometer»ga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusni yuqtirganlar jami soni 32 124 nafarga yetgan, sog‘ayganlar — 19 203 nafar, vafot etganlar — 1 249 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter