Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Salvadorda futbol vaqtida 12 kishi halok bo‘ldi

Salvadorda futbol vaqtida 12 kishi halok bo‘ldi

Salvador poytaxti San-Salvadordagi futbol stadioni kiraverishida yuzaga kelgan tiqilinchda 12 kishi halok bo‘ldi.

Hodisa Cuscatlán stadionida mahalliy Alianza jamoasi va Santa Ananing Fas jamoasi o‘rtasidagi o‘yin vaqtida sodir bo‘lgan. O‘yin vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, hodisaga soxta chiptalar sotilgan muxlislar oqimi sabab bo‘lgan. O‘yinni ko‘rish uchun pul to‘lagan odamlar kirish eshiklari yopilganidan so‘ng o‘yinga majburan kirishga uringan.

«Muxlislar qor ko‘chkisidek eshikka yopirilib kelishdi. Ba’zilar yo‘lakda qolib ketdi, boshqalar tribunaga yetib borishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin ular stadionga tushib ketishdi. Eshik oldidagi muxlislarni orqadan itarayotgan olomon ezib tashladi», – deydi jurnalistlarga guvohlardan biri.

Mamlakat prezidenti Nayib Bukele bunday voqea hech qachon sodir bo‘lmaganini aytdi va «to‘liq tergov» boshlanganini ma’lum qildi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 500 kishi jarohat olgan, ulardan 100 nafar og‘ir jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Qurbonlar orasida yetti erkak va ikki ayol bo‘lgan. Ularning barchasi 18 yoshdan oshgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring