Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp amerikaliklarga pandemiyadan so‘ng «oltin davr» va’da qildi

Tramp amerikaliklarga pandemiyadan so‘ng «oltin davr» va’da qildi

Foto: «Dostor.org»

AQSh prezidenti Donald Tramp «Twitter»da qoldirgan xabarida chekilayotgan mashaqqatlar ortidan mamlakatga «oltin davr» kelishiga va’da berdi. Shuning barobarida isyonlarni noxolis yoritayotgan «yolg‘onchi OAVlar»ni tanqid qilib o‘tdi.

«Yolg‘onchi OAVlar Portlend va Sietldagi «isyonchilar»ni ajoyib, beozor, beayb, shunchaki sayrga chiqqan odamlar qilib ko‘rsatishga urinishyapti. Aslida ular kasal va telba anarxiyachilar va tashviqotchilar», — deb yozdi Tramp.

Tramp bo‘lg‘usi saylovlardagi raqibi Jo Baydenni ham ayab o‘tirmadi: «So‘llar qo‘g‘irchog‘i» deb ta’rifladi.

«Bozorlar qulab, shaharlar o‘t ichida qoladi. Mamlakatimiz misli ko‘rilmagan talafotga uchraydi», — Tramp o‘zining o‘rniga Bayden hukumat tepasiga kelsa AQSh kelajagini shunday ko‘rmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring