Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp prezidentlikdan ketish shartini ma’lum qildi

Tramp prezidentlikdan ketish shartini ma’lum qildi

Foto: «News2.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden halol va qonuniy ravishda saylovlarda g‘alaba qozonsa, prezidentlik lavozimini tark etishiga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda «Fox News» telekanali boshlovchisi Xeraldo Rivera amaldagi davlat rahbari bilan suhbatlashgandan so‘ng xabar berdi.

«Tramp menga realist ekanligini va to‘g‘ri yo‘l tutishini aytdi», — dedi Rivera. Uning ta’kidlashicha, vaziyat Trampning foydasiga hal bo‘lmaganda barcha qonuniy berilgan ovozlar hisoblab chiqilib, noqonuniylari rad etilsa, u Konstitutsiyaga amal qiladigandek taassurot qoldirgan.

Jurnalistning fikricha, Bayden g‘alaba qozongudek bo‘lsa, Tramp uni ag‘darib tashlashni rejalashtirayotgandek tasavvur uyg‘otgan.

«Tramp xafa, lekin haliyam kuchli. U natija adolatli ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatni ishga solmoqchi», — deya izohladi Rivera.

Boshlovchining so‘zlariga ko‘ra, Tramp 2024-yilgi prezidenlik saylovlarida ham ishtirok etmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring