Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: «Rossiya mening saylovdagi g‘alabamdan norozi»

Tramp: «Rossiya mening saylovdagi g‘alabamdan norozi»

Foto: «Korrespondent.net»

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani uning 2016 yildagi saylovda g‘olib bo‘lganidan norozi deb hisoblamoqda. Bu haqda u Pensilvaniya shtatida o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishida aytgan, deb xabar qilmoqda «Korrespondent.net».

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Xelsinkida ajoyib uchrashuvni o‘tkazgan va «u bilan yaxshi chiqishib olgan».

«Biz yaxshi chiqishib oldik. Bu esa yaxshi, yomon emas, bu juda yaxshi»,- ta’kidlagan Tramp, Rossiya uning saylovdagi g‘alabasidan norozi ekanini gapirar ekan.

AQSh prezidenti shuningdek, Amerika OAVlarini tanqid qilib o‘tgan. Uning fikricha, ular Putin bilan uchrashuvdan diplomatiyani emas, «boks musobaqasi»ni kutishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring