Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampga kislorod berishdi: ahvol jiddiymi?

Trampga kislorod berishdi: ahvol jiddiymi?

Foto: «Dailymail.co.uk»

AQSh prezidenti Donald Trampga juma kuni Oq uyda shifoxonaga yotqizilgunga qadar kislorod berishgan, deya xabar berdi «ABC News» telekanali o‘z manbalariga tayanib.

«Manbalar — Trampga yaqin insonlarning xabariga ko‘ra, prezidentning nafas olishi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan. Juma kuni Oq uyda kislorod darajasi pasayib ketgandan so‘ng u qo‘shimcha kislorod olgan», — deya ma’lum qilgan telekanal.

Matbuot anjumanida Trampning shifokorlari unga kislorod berishdimi, degan savolga javob berishdan o‘zlarini olib qochishgan va ayni vaqtda unga kislorod berilmayotganini ma’lum qilishgan.

Shanba kuni Trampning shifokorlari, u o‘zini juda yaxshi his qilayotganini, kislorodga ehtiyoji yo‘qligini, bir kundan beri isitmasi chiqmayotganini, faqat charchoq bilan ozroq yo‘tal borligini aytishgandi.

Shunga qaramay, koronavirus bilan kasallanib qolgan AQSh prezidentining ahvolidan boxabar kishi Donald Trampning o‘tgan kundagi ko‘rsatkichlari «xavotirli» ekanligini jurnalistlarga ma’lum qilgan. Bu esa shifokorlarning rasmiy fikriga ziddir. Telekanalning manbasi tibbiyotga aloqasi bor-yo‘qligi noma’lum.

Prezidentning shifokori Shon Konli Trampning tuzalish jarayonidan juda mamnun ekanligini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring