Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaning xalqaro miqyosda tan olingan nomi o‘zgardi

Turkiyaning xalqaro miqyosda tan olingan nomi o‘zgardi

Mavlud Chovusho‘g‘li.

Turkiyaning xalqaro miqyosda tan olingan rasmiy nomi Türkiye tarzida yoziladigan bo‘ldi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bu borada BMTga rasmiy so‘rov yo‘llaganini ma’lum qildi. 

Vazir bu mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan choralardan biri ekanini qayd etgan.

«BMT bosh kotibiga yuborgan maktubimda mamlakatimiz nomi BMTning xorijiy hujjatlarida Türkiye shaklida yozilishi maqsadga muvofiqligini bayon etdim. Ushbu o‘zgarish xayrli bo‘lsin!» – deb yozdi Chovusho‘g‘li.

Endilikda xalqaro miqyosdagi rasmiy hujjatlarda Türkiye istilohi qo‘llanadi, Turkey, Turkei, Turquie kabi atamalardan voz kechiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil dekabr oyida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonida  xalqaro ommaviy axborot vositalarida mamlakatning nomini faqat Türkiye shaklida ishlatish haqida hujjat imzolangan. Bu hujjat lafziy birxillikni ta’minlash va xalqaro maydonda “Türkiye” brendini mustahkamlashga qaratilgan qadam deb baholangan. Xususiy sektor, jamoat, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ilmiy doira vakillari va matbuotga ham mamlakat nomini shu tarzda qo‘llash tavsiya etilgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti devoni kommunikatsiyalar boshqarmasi mamlakat xalqaro nomi yangi shaklda ishlatilishini keng targ‘ib etish maqsadida «Hello Türkiye» deb nomlangan loyihani amalga oshirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring