Ukrainada ikki futbolchi halok bo‘ldi

Xalqaro professional futbolchilar federatsiyasi (FIFPRO) Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti oqibatida ikki nafar ukrainalik futbolchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Vitaliy Sapilo (21) «Karpati»ning yoshlar jamoasida to‘p surgan va klub tomonidan e’lon qilinishicha, u jang madonida halok bo‘lgan.
«Gostomel» klubi sharafini himoya qilgan Dmitriy Martinenko (25) esa o‘zi istiqomat qilgan binoga bomba tushgani oqibatida halok bo‘lgan. Hujum oqibatida uning onasi ham qurbon bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter