Xitoy osmonida noma’lum yirik uchar jism qayd etildi

Xitoy osmonida noma’lum katta uchuvchi qurilma kuzatildi, uning suratlari sun’iy yo‘ldosh orqali olingan.
Bu haqda CNN xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar Black Sky tomonidan ye’lon qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida uzunligi taxminan 30 metr bo‘lgan havo kemasi harakatlanmoqda.
«Bu haqiqatan ham Xitoy uchun ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni moliyalashtirishni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi qadamdir», — deya Oklaxoma Aerokosmik instituti ijrochi direktori Jeymi Jeykobs so‘zlarini keltiradi Amerika telekanali.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSh osmonida uchib yurgan Xitoy shari keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va u josuslik ashyosi sifatida urib tushirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter