Avtomobilni ko‘zguli tusda qoraytirish mumkinmi?

4-sentyabrdan boshlab banklarda «tonirovka»ga ruxsat olish uchun ariza berish to‘xtatilishi haqida xabar bergandik. Toshkent shahar IIBB «tonirovka» borasida boshqa bir muhim jihatga ham to‘xtaldi.
Bugungi kunda bir savol haydovchilar tomonidan ko‘p bora takrorlanadi: avtomobil oynasini ko‘zgu tusli qilib qoraytirish mumkinmi?
Shuni yodda tutish kerakki, amaldagi qonunchilik buni taqiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.04.2012-yildagi «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi 191-sonli qarorining 74-bandida: «Ko‘zgu effektli oynadan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi» deyilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas