O‘zbekistonning sovg‘alari Qirg‘izistonga yetib bordi (video)

Prezident Sadir Japarovning davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Qirg‘izistonga 20 ta tez yordam mashinasini sovg‘a qilgandi.
12 mart kuni Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkentdagi texnoparkka tashrif buyurdi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan transport vositalarini ko‘zdan kechirish davomida, Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga O‘zbekiston xalqi nomidan Volkswagen Caddy va Isuzu D-Max rusumli 20 ta tez yordam mashinalari sovg‘a qilinganini ma’lum qildi.
Ushbu tez yordam mashinalari bugun Qirg‘izistonga yetib bordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter