Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda Turkiya yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Eronda Turkiya yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Foto: ISNA

Eron g‘arbida Turkiya yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, havo layneri Sharja(BAA)dan Istanbulga uchayotgan bo‘lgan. Halokat Choharmahal va Baxtiyoriya viloyatlarida sodir bo‘lgan. Samolyot qulagach, yonib ketgan.

Fojia sodir bo‘lgan joyga qutqaruvchilar guruhi jo‘natilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida sakkiz yo‘lovchi va uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring