Hindistonda smartfon portlashi sabab bir qiz vafot etdi

Hindistonda 18 yoshli qizning qo‘lida smartfon portladi va natijada u vafot etdi. Portlash vaqti u telefonda gaplashayotgan edi.
Vafot etgan qizning ukasi portlagan smartfonning modeli 2010-yilda ishlab chiqarilgan Nokia 5233 bo‘lganini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, portlash natijasida qizning ko‘krak, qo‘l va oyoqlari kuchli yongan. Tez orada fojia yuz bergan joyga yetib borgan shifokorlar uning o‘limi haqida xabar berishgan.
Smartfon ishlab chiqargan kompaniya vafot etgan qizning oilasiga hamdardlik bildirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter