Surxondaryoda ayanchli YTH sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

Surxondaryoda Kamaz avtomashinasi Damas bilan to‘qnashib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
2021 yil 23 maydan 24 mayga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyati IIB YHXB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, boshqarma xodimlari Sho‘rchi tumani Guliston mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomabil yo‘lining 1501 kilometriga yetib keladi.
«Voqea joyiga yetib kelganimizda quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
Soat 2:15lar chamasida M41 avtomobil yo‘lining 1501 kilometrida o‘lim bilan bilan bog‘liq YTH sodir etilgan. Ushbu YTH Denov-Sho‘rchi yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Kamaz rusumli og‘ir yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Damas yo‘liga chiqib ketganligi natijasida yuzaga kelgan. Voqea joyini viloyat IIB YHXB xodimlari bilan o‘rganganimizda, Kamaz haydovchisi yetarlicha malakaga ega bo‘lmaganligi, tungi vaqtda yo‘lga chiqqanligi aniqlandi», — deydi Surxondaryo viloyati YHXB boshlig‘i Ilhom Soipov
Sodir etilgan YTH natijasida Damas haydovchisi va uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamlariga qaramasdan vafot etgan. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter