Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Surxondaryoga yuk mashinasida ketgan yo‘lovchilar karantinga olindi

Toshkentdan Surxondaryoga yuk mashinasida ketgan yo‘lovchilar karantinga olindi

3-aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB patrul-post va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati xodimi Termiz shahrida yuk avtomobilida o‘z manziliga yetib olmoqchi bo‘lgan 8 nafar surxondaryolik yo‘lovchining karantin qoidasini buzganini aniqladi.

«ISUZU» rusumli yuk mashinasi haydovchisi Toshkent shahridan Surxondaryo viloyati markaziga yo‘lga tushib, o‘z mashinasida sakkiz nafar fuqaroning har birini 50 ming so‘m evaziga olib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, sakkiz nafar noqonuniy yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, ular viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga karantinga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring