Turkiyada vafot etgan shaxsning o‘zbekistonlik ekani aniqlandi

Turkiyada kuchli zaharlanish oqibatida 2020 yilning oktyabr oyida hushini yo‘qotgan va joriy yil 23 mart kuni Istanbul shahridagi «Cinar 2 Bakım Merkezi» shifoxonasida vafot etgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib xabar berilgan edi.
Olib borilgan ishlar natijasida u 1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi S.M. ekani ma’lum bo‘ldi.
«Mazkur fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritishda befarq bo‘lmagan shaxslarga minnatdorlik va marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiramiz», deyiladi O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter