Eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullarni almashtirishning oxirgi muddati aytildi

Eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati – 2022-yil 1-yanvar etib belgilandi.
Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bergan.
«Fuqarolarning qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar va banknotlar 2022-yilning 1-yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almashtirib beriladi» - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iyul oyidan 500 va 200 so‘mlik banknotlar o‘z kuchini yo‘qotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter