Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda mega loyihalar amalga oshiriladi

Qoraqalpog‘istonda mega loyihalar amalga oshiriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kelgusi yildan boshlab bir nechta mega loyihalarni qurish boshlanadi. Bu haqda Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev ma’lum qilib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Qorauzak tumanidagi «Tebinbulaq» koni negizida kon-metalurgiya kompleksi barpo etish ishlari boshlanadi. Ushbu loyihaning qurilish ishlari va atrofida tashkil etiladigan xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida 7 850 nafar aholi band bo‘ladi.

Beruniy tumanida «Akva pauer» kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) tomonidan shamol elektr stansiyasi quriladi. Ushbu loyihaning qurilish ishlariga 1 mingdan ortiq ishchilar jalb etilishi kutilmoqda.

Shamol elektr stansiyasining qiymati 140 mln.dollarni tashkil etib, 100 MVt quvvatga ega. Natijada 110 ming xonadonni qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring