Qoraqalpog‘istonda rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘istonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev ma’lum qilib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, joriy yil yakunida yalpi hududiy mahsulot hajmi 108,7 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 111,6 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 105,5 foizga, qurilish-pudrat ishlari 111,6 foizga va xizmatlar hajmi 124,9 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Aholi jon boshiga esa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2020 yilga nisbatan 846,8 ming so‘mga oshib, 8,1 mln so‘mni tashkil etishi yoki 111,5 foizga o‘sishi, xizmatlar hajmi 1,1 mln so‘mga oshib 4,5 mln so‘mni (133,1%) tashkil etishi ma’lum qilindi.
AOKA tomonidan tashkil etilgan safar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev tomonidan brifing tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter