Rossiyadan pul o‘tkazmalari bo‘yicha muammolarga izoh berildi

O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi transchegaraviy pul o‘tkazmalari faoliyati yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra:
- bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda ayrim xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to‘xtalishlar kuzatilmoqda.
- Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ko‘plab tizimlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ba’zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjud.
- Xalqaro pul o‘tkazmalarining aholi uchun dolzarbligidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan mamlakatimiz hududida ularning uzluksiz faoliyati uchun zarur choralar ko‘rib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter