Bozorlardagi narxlar: eng arzon go‘sht Toshkent va Nukusda, eng qimmati Termizda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettirdi.
Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 21-aprel holatidagi narxlari
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Farxod dehqon bozori (Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqanddagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farxod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 38 000 dan 42 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
13 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 13 000so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 21 000 so‘m.
Guruch
3 000 so‘mdan – 16000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 so‘m.
Eng qimmat narx esa Toshkentdagi «Chorsu» dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
7200 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farxod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narxham poyxtaxtda «Mirobod» dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha.
Un 1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning «Qo‘yliq» dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun «Mirobod» dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi «Mirobod» dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200so‘m.
1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Termiz shahri markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500so‘m.
Tuxum
350 so‘mdan – 700 so‘mgacha
Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 200 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi «Chorsu», «Farxod», «Yunusobod» va «Qo‘yliq» dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Qarshi shahridagi «Yerqo‘rg‘on» dehqon bozorida kuzatildi – 2 000 – 3 500 so‘mgacha.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter