Dam olish kunlari ob-havo sharoiti deyarli o‘zgarmaydi

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 28-33° atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari hududlarning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Cho‘l hududlarda va shimolda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 14-19° ni, kunduz kunlari 30-35° ni tashkil etadi, bu me’yoriy qiymatlardan 6-8° ga yuqori bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter