Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida navbatdagi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

IIV tizimida navbatdagi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Nurullayev Umidbek Kupalovich IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Nurullayev Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish (Olmaliq shahri) markazi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Kapitan Baltabayev Akmal Akramovich IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Baltabayev Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Kurambayev Gapur Bekchanovich Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar G.Kurambayev Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonining kadrlar harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Mayor Qo‘chqarov Dilshodbek Adiljanovich Andijon viloyati IIB, Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar D.Qo‘chqarov Tibbiyot bo‘limi harbiy-tibbiy komissiya raisi lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Amanov Ismoil Isoqulovich Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar I.Amanov Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Polkovnik Beshimkulov Aktamali Bektoshevich Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Beshimkulov G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring