Nukusda yangi shifoxona quriladi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz beriladi

Qoraqalog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida bugungi kunga qadar 15 ta yangi tibbiyot muassasasi qurildi va yana 10 ta muassasa o‘z faoliyatini kengaytirdi. Bu haqda Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev tomonidan ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Nukus shahrida Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamg‘armasi tomonidan umumiy qiymati 28 mln. AQSh dollariga teng 150 o‘ringa mo‘ljallangan Ayollar va bolalar shifoxonasini qurish boshlangan. Ushbu qurilish ishlari yakunlangach, shifoxona o‘rnatilgan tartibda beg‘araz ravishda Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga beriladi.
Qahramon Sariyev tomonidan xabar qilinishicha, 2020-2021 yillarda jami 3 mlrd. 460 mln. so‘mga teng 27 ta «Damas», 1 ta «Foton», 2 ta «Gazel» tez tibbiy yordam avtomashinasi va 1 ta mobil klinika avtomashinasi xarid qilingan.
Eslatib o‘tamiz, AOKA tomonidan tashkil etilgan safar doirasida Qahramon Sariyev tomonidan brifing o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter