Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet»: Dam olish kunlarida bahoriy iliq ob-havo kutilmoqda

«O‘zgidromet»: Dam olish kunlarida bahoriy iliq ob-havo kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Bugun butun mamlakatimiz hududida ob-havo ochiq bo‘lib, harorat 7-12 daraja iliq bo‘lmoqda, bu me’yordan 2-3 darajaga yuqoridir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dam olish kunlari respublikaga Turkmaniston hududidan juda iliq va quruq havo oqimi kiradi. Mamlakatimiz aholisi va mehmonlari juda iliq bahoriy ob-havodan bahramand bo‘ladilar.

Faqat respublikaning shimoliy tumanlarida yakshanba kuni kechga borib ob-havo o‘zgaradi, bulutlar ko‘payib shu joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Dam olish kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, bu harorat shu kunning o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring