Prezident bugun tor doirada yig‘ilish o‘tkazadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tor doiradagi yig‘ilish o‘tkaziladi.
Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining hisoboti va istiqboldagi rejalari ko‘rib chiqiladi.
Kecha prezident aholini oziq-ovqat, jumladan, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor o‘tkazgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter