Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan qizlarning homilador bo‘lib qolishi ikki barobarga ko‘paygan — Senator Dilorom Toshmuhamedova

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan qizlarning homilador bo‘lib qolishi ikki barobarga ko‘paygan — Senator Dilorom Toshmuhamedova

Oxirgi ikki yilda Toshkent viloyatida voyaga yetmagan qizlarning homilador bo‘lish holatlari ikki barobarga ko‘paygan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilorom Toshmuhamedova Xalq ta’limi vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

«Yoshlarimiz, ayniqsa, o‘spirinlarimiz o‘zining salomatligi to‘g‘risida bilimi yetarli emasligi muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Buning natijasida bir nechta salbiy holatlar uchramoqda. Misol uchun, Toshkent viloyatida erta tug‘ish ko‘rsatkichi o‘sib borayotganligi, ba’zi bir viloyatlarda o‘smir qizlar orasida abortning ko‘payayotgani juda ayanchli holat», – deya ta’kidlagan Dilorom Toshmuhamedova.

Senatorning aytishicha, Toshkent viloyatida 2019-yilda 15–16 yosh oralig‘idagi qizlarda erta tug‘ish holati ikki barobarga ko‘paygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring