Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 vaksinasining yaroqlilik muddati ma’lum qilindi

COVID-19 vaksinasining yaroqlilik muddati ma’lum qilindi

Foto: «Osnmedia.ru»

«Gam-KOVID-Vak» vaksinasining tibbiy qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomasiga ko‘ra, uning yaroqlilik muddati yarim yilni tashkil etadi. Bu haqda 20-avgust kuni «RIA Novosti» xabar berdi.

«Yaroqlilik muddati olti oy», — deyiladi hujjatda. Preparat ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, uning qo‘llanilishi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning noxush ta’sirlariga et uvushishi, tana harorati ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, ishtaha pasayishi va allergik reaksiyalar kiradi. Qator vaziyatlarda ko‘ngil aynishi, ishtaha pasayishi, regionar limfa tugunlar kattalashishi kuzatiladi.

Avvalroq Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini yuqori baholab, uning xavfsizligini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring