Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijobiy ko‘rsatkich: Bugun sog‘ayganlar soni ko‘p bo‘ldi

Ijobiy ko‘rsatkich: Bugun sog‘ayganlar soni ko‘p bo‘ldi

Shu yilning 19-sentyabr kuni mamlakatimizda 614 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 626 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 50 992 nafar bemordan 47 271 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 294 nafar bemordan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring