Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda koronavirus qurbonlari soni 400 ming nafardan oshdi

Jahonda koronavirus qurbonlari soni 400 ming nafardan oshdi

Foto: «France 24»

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, 7-iyun soat 10:00 holatiga, jahonda koronavirus qurbonlari soni 402 241 nafarga yetdi.

Koronavirusni yuqtirish holatlari shiddat bilan 7 millionga yaqinlashmoqda — hozir 6 982 061 nafar. Shundan 3 million 413 mingdan ortiq bemor tuzalib ketgan, 3 million 166 mingdan ziyod bemor davolanmoqda. Davolanayotganlarning 98 foizida kasallik yengil kechyapti, 53 569 nafar bemor esa og‘ir ahvolda.

Kasallikni yuqtirish bo‘yicha sutkalik ko‘rsatkich yanada yuqoriladi — ikki kundan beri 130 ming nafardan bemor qayd etilyapti.

O‘lim holatlari bo‘yicha yetakchi 10 mamlakat:

Manba: «Worldometer»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring