Karantinga qarshi nutq so‘zlayotgan Braziliya prezidentini qattiq yo‘tal tutib qoldi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru poytaxt Braziliada karantinga qarshi o‘tkazilgan namoyishda nutq so‘zladi. Bu haqda DW xabar bermoqda.
Namoyishda taxminan 600 kishi ishtirok etgan. Ular parlament yopilishini va armiya prezident Bolsonaru tarafini olishini istashmoqda. Namoyishda nutq so‘zlagan Bolsonaruni yo‘tal tutib, bir necha marta so‘zini bo‘lishga majbur bo‘lgan, deb yozmoqda AFP.
Braziliya parlamenti va shtatlari gubernatorlari koronavirus epidemiyasiga qarshi cheklov joriy etib, odamlarning uylaridan chiqishlarini taqiqlagandi. Koronavirusni oddiy grippga tenglashtirayotgan Bolsonaruning nazarida bu choralar quruq vahimadan boshqa narsa emas.
Braziliya prezidenti xuddi shu masalada o‘ziga qarshi chiqqan sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandettani ishdan olgandi.
«Grippning kichkinasi». Braziliya prezidenti sog‘liqni saqlash vazirini ishdan bo‘shatdi
Braziliya koronavirus infeksiyasi tarqalishi bo‘yicha Lotin Amerikasi mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni, jahonda 11-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter